Qirg‘izistonda o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin

eʼlon qilindi
Mamlakatda dars vaqtida telefonlardan foydalanish allaqachon cheklangan
Qirg‘izistonda o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
Foto: Pexels

Qirg‘izistonda voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda maorif vaziri Dogdurkul Kendirbayeva Jo‘qorg‘u Kenesh qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, mamlakatda dars vaqtida telefonlardan foydalanish allaqachon cheklangan. Endi shunga o‘xshash yondashuv ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ham ko‘rib chiqilmoqda.

Kendirbayeva ayrim davlatlarda voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha cheklovlar joriy etilganini aytdi. Uning fikricha, bu masala ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhim. Vazir bolalar ko‘pincha kattalar nazoratisiz ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazayotgani va qanday axborot olayotgani noma’lum qolayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Qirgʻizistonda  teatr va muzeyga borish yoshlar uchun majburiy boʻlishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek