Chilonzordagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Yong‘in sababi aniqlanmoqda

22-sentabr kuni kechasi Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘in 47 daqiqada o‘chirildi
Hodisa Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan kafelardan birida yuz bergan. Xabar kelib tushgach, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan.
Yong‘in 23-sentabr kuni soat 00:10 da to‘liq o‘chirilgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Yong‘in sababi aniqlanmoqda
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan nazoratga olingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qarshidagi universitetda yong‘in chiqqani haqida yozgan edi.