Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida qatnashmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy munozaralarda qatnashmoqda
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida qatnashmoqda
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida xabar berdi.

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi 8-sentabrda ochilgan. Yuqori darajadagi umumiy munozaralar esa 22 – 28-sentabr kunlari o‘tkazilmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, yuqori darajadagi haftada qariyb 130 nafar davlat va hukumat rahbari qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy munozaralarda qatnashmoqda

Saida Mirziyoyevaning aytishicha, BMT bosh qarorgohi shu kunlarda dunyoning ko‘plab davlatlaridan kelgan delegatsiyalarni qabul qilmoqda.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

O‘zbekiston delegatsiyasi ham sessiyaning umumiy munozaralarida qatnashib, davlat rahbarlarining chiqishlarini tingladi.

Sessiya doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham uchrashgandi. Tomonlar O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari xalqaro munosabatlar tizimidagi murakkab vaziyatda Guterrishning global miqyosdagi faoliyatini alohida qayd etdi.

U BMT Bosh kotibiga global darajada yetakchilik salohiyatini namoyon qilayotgani hamda xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlarida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek