Namangan va Farg‘onada firibgarlik holatlari aniqlandi

eʼlon qilindi
Tergov harakatlari olib borilmoqda
Namangan va Farg‘onada firibgarlik holatlari aniqlandi
Foto: DXX

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni xorijga ishga yuborish hamda Umra ziyoratini tashkil etishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlandi.

Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan

Namangan shahrida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning ishonchiga kirgan.

U tanishlari orqali ularni Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilib, buning evaziga $3,6 ming talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi oldindan $1 ming olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Umra ziyorati uchun $2,2 ming olgan

Farg‘ona viloyatida esa Buvayda tumanida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan shaxs Umra ziyoratini tashkil etish vakolatiga ega bo‘lmagan holda ikki fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.

U buning evaziga $2,2 ming olayotgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

Hozirda har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Farg‘onada 144 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek