24-sentabr kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Toshkentda havo +30 darajagacha isiydi
24-sentabr kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi
Foto: Unsplash

24-sentabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, kun davomida eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryoda +35 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkentda havo +30 darajagacha isiydi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15…+17, kunduzi esa +28…+30 daraja bo‘ladi.

Hududlarda harorat qanday bo‘ladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kechasi +12…+17, kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +25…+30 darajani tashkil etadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa havo nisbatan issiq bo‘lib, harorat kechasi +13…+18, kunduzi +30…+35 darajagacha yetadi.

Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda shamol kuchayadi

Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +18…+23 daraja bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 23-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek