Zangiotada tadbirkordan 20 ming dollar olayotgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
Zangiotada tadbirkordan 20 ming dollar olayotgan shaxslar ushlandi
Foto: Departament

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tadbirkordan 20 ming dollar olayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

$100 ming evaziga 60 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini va’da qilishgan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali IIVga qarashli to‘rtta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga ular tadbirkordan $100 ming talab qilgani aytilmoqda.

$20 ming olayotganda ushlandi

Gumonlanuvchilar kelishilgan mablag‘ning $20 ming qismini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik hamda 28, 211-moddasi – pora berish bilan bog‘liq qilmishlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Namangan va Farg‘onada firibgarlik holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek