Andijon viloyatining iqtisodiyoti yarim yilda 8,8 foizga o‘sdi

eʼlon qilindi
So‘nggi o‘n yilda 110 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi
Andijon viloyatining iqtisodiyoti yarim yilda 8,8% ga o‘sdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Joriy yilning birinchi yarmida Andijon viloyati iqtisodiyoti 8,8% ga, sanoat 9,2% ga, xizmatlar 16,1% ga, investitsiyalar esa 8,9% ga o‘sgani qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim, – dedi davlat rahbari.

So‘nggi o‘n yilda 110 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi

Yig‘ilishda Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, shakllangan sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trln so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun esa 90 trln so‘m yo‘naltirilgan.

Birgina 2026-yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trln so‘m ajratilgan.

Hokimlardan aniq natija talab qilindi

Yig‘ilishda hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar aholi hayotida seziladigan natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Avvalroq Andijonda umumiy qiymati $9,4 mlrd bo‘lgan 206 ta investitsiya loyihasi qamrab olingani, shundan $2,05 mlrdlik 98 ta loyiha ishga tushirilgani va $7,35 mlrdlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlangan edi.

Shuningdek