Siyosatdan yiroq odam, yuragidagi bor gapni gapirdi — Mirziyoyev (video)

eʼlon qilindi
Davlat rahbari Andijonda kechasi kam uxlaganini aytib, viloyatdagi masalalar ko‘pligi haqida gapirdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida oqsoqollardan birining «Notinch dunyoda tinch mamlakat bor – bu O‘zbekiston» degan gapini alohida ta’kidladi.

Davlat rahbari Andijonda kechasi kam uxlaganini aytib, viloyatdagi masalalar ko‘pligi haqida gapirdi.

«O‘y qiynaydi»

«Andijonda uxlash yaxshi, havosi zo‘r, lekin o‘y qiynaydi. Masala ko‘p Andijonda», – dedi Mirziyoyev.

Prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan biri mamlakatdagi tinchlik haqida bildirgan fikrini ham eslab o‘tdi.

«Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston», – degan edi oqsoqol.

Mirziyoyev bu gapni alohida e’tirof etib, uning siyosatdan yiroq inson ekanini ta’kidladi.

«Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim», – dedi Prezident.

Prezidentning Andijonga tashrifi davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha vazifalar ham belgilandi.

Avvalroq Andijonda esa ish o‘rinlari yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mln dollar ajratilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek