To‘qqizta davlat banki bir oyda 20 ta yangi bank mahsulotini taklif etadi

eʼlon qilindi
Kredit berishda pul oqimi ham hisobga olinadi
Banklarda ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zaxira shakllantirish tartibi belgilandi
Foto: depositphotos

To‘qqizta davlat bankiga bir oy ichida biznesni rivojlantirishga ko‘maklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini ishlab chiqish va taklif etish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yil boshidan buyon garov yoki kafil topa olmagan 35 ming kishiga kredit berilmagan. Shu sabab davlat banklarini mijozlar biznesini o‘stirish tamoyili asosida transformatsiya qilish zarurligi qayd etildi.

Kredit berishda pul oqimi ham hisobga olinadi

Endilikda kreditlashda real pul oqimi, buyurtmalar va shartnomalar, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiri hisobga olinadigan moliyaviy mahsulotlar keng joriy qilinadi.

Kichik tadbirkorning lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan tuzgan uzoq muddatli shartnomasi ham kredit uchun garov sifatida qabul qilinishi mumkin.

500 mln so‘mgacha kreditda biznes-reja talab qilinmaydi

500 mln so‘mgacha bo‘lgan loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi. Bunday kreditlar garovga emas, tadbirkorning pul oqimiga qarab ajratiladi.

Eksportbop mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo xaridiga beriladigan kreditlarda esa sug‘urta polisining o‘zi garov sifatida yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, o‘qing: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 12 foizga tushiriladi

Mahalla bankirlari yangi xizmatlarni tushuntiradi

To‘qqizta davlat banki bir oy ichida biznesni o‘stirishga yordam beradigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif qilishi kerak.

Mahalla bankirlari esa ushbu yangi xizmat va imkoniyatlarni aholi hamda tadbirkorlarga tushuntirib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 30 ta ma’muriy binoni Bobur shahriga ko‘chirish hisobiga biznes uchun 13 gektar yer va 70 ming kvadrat metr joy bo‘shashi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek