Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Polshada avgust va sentabr oylarida vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi. Jasadlarni olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplandi.
«Dunyo» axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 24-avgust kuni Olshtin shahrida O‘zbekiston fuqarosi J.X. balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olgan va vafot etgan. Uning jasadi 5-sentabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan.
Ikkinchi fuqaroning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan
Shuningdek, o‘qing: Turkiyada to‘rtinchi qavatdan tushib ketgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
5-sentabr kuni Shetsin shahrida T.E. vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan. Marhumning jasadi 20-sentabr kuni Toshkentga olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulda o‘zbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, u kasallik davrida uy sharoitida norasmiy shifokorlar yordamida davolangan.
Davolanish vaqtida qabul qilingan dori vositalarining nojo‘ya ta’siri tufayli bemorning ahvoli og‘irlashgan. Uning qonida infeksiya rivojlanib, organizmida kuchli reaksiya kuzatilgan.