Motorola Signature 27 qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

25-sentabr 2026 08:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Motorola Signature 27 qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: Motorola

Motorola’ning yangi flagmani Motorola Signature 27 GrapheneOS operatsion tizimini rasman qo‘llab-quvvatlaydigan Google Pixel oilasiga kirmaydigan ilk smartfon bo‘ladi.

Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 o‘rnatiladi

Motorola Signature 27 Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessorida ishlaydi. Chip Memory Tagging Extension — MTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu mexanizm xotira bilan ishlashdagi xatolarni aniqlash va ayrim zaifliklardan foydalanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

GrapheneOS rasmiy qo‘llab-quvvatlashi uchun apparat darajasidagi xavfsizlik imkoniyatlari muhim hisoblanadi. Shu sababli tizim hozirgacha asosan Google Pixel smartfonlarida ishlatilgan.

200 MP periskop kamera bo‘ladi

Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP Sony Lytia 910 sensoriga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Signature 27 200 MP periskopli telefoto kamera bilan jihozlanadi. Audio tizimi esa Bang & Olufsen bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

Foto: Motorola

Yetti yil yangilanish oladi

Motorola Signature 27 uchun yetti yil davomida dasturiy yangilanishlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Bu flagmanning uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash muddatini Android bozoridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga yaqinlashtiradi.

GrapheneOS nimasi bilan farq qiladi

GrapheneOS Android asosidagi, xavfsizlik va maxfiylikka kuchli urg‘u berilgan operatsion tizim hisoblanadi.

Unda Google Play xizmatlarini o‘rnatish mumkin, biroq ular tizim darajasidagi keng huquqlarga ega bo‘lmaydi va alohida «sandbox» muhitida ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S27 Ultra uchun tezkor LPDDR6 xotirasini sinovdan o‘tkazgani haqida yozgan edi.

Shuningdek