Samsung Galaxy A56 va Galaxy A36 narxlarini yana oshirdi

25-sentabr 2026 09:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A56 va Galaxy A36 narxlarini yana oshirdi
Foto: Sammobile

Samsung Hindiston bozorida Samsung Galaxy A56 va Galaxy A36 smartfonlari narxini yana oshirdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Galaxy A56 narxi barcha versiyalarda 2 ming rupiyaga ($21), Galaxy A36 esa 3 ming rupiyaga ($31) oshirilgan. Tarqalgan dilerlik xabarnomasiga ko‘ra, yangi narxlar bugundan kuchga kiradi.

Galaxy A56 narxi qariyb $21 ga oshdi

Galaxy A56’ning barcha xotira variantlari qariyb $21 ga qimmatlashdi. 8 GB + 128 GB versiya narxi taxminan $448 dan $469 gacha, 8 GB + 256 GB varianti $490 dan $511 gacha oshdi. 12 GB + 256 GB versiya esa endi qariyb $547 o‘rniga $568 turadi.

Galaxy A36 qariyb $31 ga qimmatlashdi

Galaxy A36’ning barcha konfiguratsiyalari qariyb $31 ga oshirilgan. 8 GB + 128 GB modeli taxminan $354 dan $386 gacha, 8 GB + 256 GB versiyasi $396 dan $427 gacha ko‘tarildi. 12 GB + 256 GB variant narxi esa qariyb $454 dan $485 gacha yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 Ultra uchun tezkor LPDDR6 xotirasini sinovdan o‘tkazgani haqida yozgan edi.

Shuningdek