O‘zbekiston energetika tizimidagi uzilish Qozog‘iston janubida elektr cheklovlariga sabab bo‘ldi

eʼlon qilindi
Elektr ta’minoti 41 daqiqada tiklandi
O‘zbekiston energetika tizimidagi uzilish Qozog‘iston janubida elektr cheklovlariga sabab bo‘ldi
Foto: shutterstock

25-sentabr kuni erta tongda Qozog‘istonning yagona elektr energetika tizimida texnologik nosozlik yuz berdi. KEGOC ma’lumotiga ko‘ra, bunga O‘zbekiston energetika tizimida 1 516 MVt quvvatdagi generatsiyaning uzilishi sabab bo‘lgan.

Nosozlik Markaziy Osiyo energotizimiga ta’sir qildi

Hodisa soat 05:02 da qayd etilgan. O‘zbekistondagi generatsiya yo‘qolishi Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi tomonidan quvvatning keskin tortilishiga olib kelgan.

Natijada Qozog‘iston energetika tizimidagi Shimol-Janub tranziti kutilmaganda ajralib qolgan.

Qozog‘istonda 962 MVt yuklama vaqtincha uzildi

Nosozlik ortidan Qozog‘iston iste’molchilari uchun vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan. Respublika energetika tizimida jami 962 MVt yuklama uzilgan.

KEGOC favqulodda avtomatika tizimi belgilangan tartibda ishlaganini ma’lum qildi.

Elektr ta’minoti 41 daqiqada tiklandi

Mutaxassislar vaziyatni qisqa vaqt ichida barqarorlashtirgan.

Soat 05:43 da Qozog‘iston energetika tizimining Janubiy zonasi va Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining parallel ishlashi to‘liq tiklangan. Shundan so‘ng iste’molchilarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan energetika sohasida individual ruxsatnomalar bekor qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek