Oʻzbekiston va Xitoy avtomobil transporti uchun ma’muriy toʻsiqlarni kamaytiradi

eʼlon qilindi
Ikki davlat o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish va tashuvchilar uchun qulayroq sharoit yaratishga qaratilgan yangi kelishuv tuzildi
Foto: mintrans.uz

Foto: mintrans.uz

O‘zbekiston va Xitoy xalqaro avtomobil qatnovi bo‘yicha amaldagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi. Hujjat O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Xitoyga amaliy tashrifi doirasida xitoylik hamkasbi Lyu Vey bilan uchrashuvi yakunida imzolandi.

Yuk tashish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida avtomobil orqali yuk tashishni ko‘paytirish, tashuvchilar uchun jarayonlarni yengillashtirish va mavjud to‘siqlarni kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat shaharlari o‘rtasidagi parvozlar sonini oshirish va yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.

Foto: mintrans.uz

Foto: mintrans.uz

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘lib qolmoqda

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi ham o‘sib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – iyul oylarida bu ko‘rsatkich $8,08 mlrdni tashkil qilgan bo‘lsa, 2026-yilning shu davrida $11,3 mlrdni tashkil etdi. Ya’ni o‘zaro savdo bir yil ichida qariyb 40 foizga oshdi. Natijada shu davrda Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘lib qoldi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy 2026-yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi xaridini to‘liq to‘xtatishi haqida yozgan edi.

Shuningdek