Samarqanddagi ko‘p qavatli uyda 2,4 mlrd so‘mlik gaz «o‘g‘irlandi»

eʼlon qilindi
Bino gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan
Samarqanddagi ko‘p qavatli uyda 2,4 mlrd so‘mlik gaz «o‘g‘irlandi»
Foto: «Hududgazta’minot» AJ

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli turarjoy binosida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 2,442 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Holat «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali, shahar gaz ta’minoti bo‘limi va huquq-tartibot organlari hamkorligidagi nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.

Bino gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan

Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilganda, bino gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan.

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan. To‘plangan barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi isloh qilinishi haqida xabar berilgandi. Respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan hamda import qilinadigan suyultirilgan gaz, korxonalarning o‘z shoxobchalarida sotiladigan hajmlardan tashqari, faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi.

Shuningdek