Dollar kursi hafta davomida pasaydi — tahlil

Dollar kursi hafta davomida turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan nashri AQSh valyutasining haftalik o‘zgarishini tahlil qildi.
Dollar o‘tkan haftaning yakunida oshgan edi
19-sentabr kuni dollar kursi 6,22 so‘mga oshib, 11 839,59 so‘mga yetgan edi. 22-sentabr kuni esa AQSH valyutasi 29,77 so‘mga arzonlashib, 11 809,82 so‘mni tashkil etdi. 23-sentabrda pasayish davom etdi – dollar yana 7,63 so‘mga tushib, 11 802,19 so‘m bo‘ldi.
24-sentabr kuni kurs yana o‘sishga qaytdi va 11,86 so‘mga ko‘tarilib, 11 814,05 so‘mga yetdi. 25-sentabr uchun esa dollar yana 16,82 so‘mga qimmatlashib, 11 830,87 so‘m qilib belgilandi.

Hafta davomida dollar qariyb 9 so‘mga arzonlashdi
19-sentabrdagi 11 839,59 so‘mlik kurs bilan taqqoslaganda, 25-sentabr holatiga dollar 8,72 so‘mga arzonroq bo‘lib qolmoqda.
Hafta davomida eng past kurs 23-sentabr kuni qayd etildi – 11 802,19 so‘m. Shundan keyin dollar ketma-ket ikki kun qimmatlashdi va 28,68 so‘mga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 25-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.