Dam olish kunlari 24 ta bank ishlaydi — ro‘yxat

eʼlon qilindi ( yangilandi)
26 − 27-sentabr — shanba va yakshanba kunlari
Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
Foto: Hafiza Muxtorova

26 − 27-sentabr — shanba va yakshanba kunlari 24 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi:

Agrobank
Asia Alliance Bank
Apex Bank
Biznesni rivojlantirish banki
Ipoteka-bank
Milliy bank
Orient Finance Bank
Tenge Bank
Trastbank
Hamkorbank
Anorbank
Garant Bank
Hayot Bank
Sanoat qurilish Bank
Asakabank
Infinbank
Saderat Bank
Xalq banki
Ipak Yo‘li Bank
Mikrokreditbank
Poytaxt Bank
Kapitalbank
Turonbank
Universalbank

Shu bilan birga, aholi 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank boʻlimiga tashrif buyurmasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida onlayn valyuta ayirboshlash imkoniyatiga ega.

Eslatma: bank boʻlimlarining ish tartibi hudud va filialga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli aniq ma’lumotlarni bevosita tijorat banklaridan oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar valyutasida pul saqlash qanchalik to‘g‘riligi haqida ekspertlar fikrini o‘rgangandi.

Shuningdek