Yomg‘ir, qor, chang-to‘zon: 26-sentabrda ob-havo qanday bo‘ladi

26-sentabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, kunduzi havo harorati 22–27 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim cho‘l hududlarida shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Tog‘larda yomg‘ir, baland joylarda qor yog‘ishi mumkin
Tog‘oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda.
Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Bu hududlarda harorat 15–20 daraja bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 25–27 daraja iliq bo‘ladi
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 25–27 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Respublikaning cho‘l hududlarida esa shamol ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dam olish kunlari havo salqinlashishi haqida xabar berilgandi.