Bunday jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak — Saida Mirziyoyeva Namangandagi 5 yoshli qiz bilan bog‘liq holatga munosabat bildirdi

eʼlon qilindi
Mas’ullar ham jazolanadi
Bunday jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak — Saida Mirziyoyeva Namangandagi 5 yoshli qiz bilan bog‘liq holatga munosabat bildirdi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi holatga munosabat bildirdi. U bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish bo‘yicha taklif tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz, – deya yozdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berilgan.

Mas’ullar ham jazolanishi aytildi

Prezident administratsiyasi rahbari jinoyat sodir qilgan shaxs qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortilishini ta’kidladi.

Shuningdek, uning qayd etishicha, beparvoligi tufayli mazkur holatga yo‘l qo‘ygan va bolani himoya qila olmagan mas’ullar ham javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat ishi tergov qilinmoqda

Avvalroq Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalaridan birida 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan, tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan O‘zbekistonning a’zolik jarayonini muhokama qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek