Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Olmaliqda 3 ball sezildi
Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2–3 ballgacha sezildi
Foto: iStock

28-sentabr kuni soat 09:03 da Toshkent viloyatining Piskent tumanida 3,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Yer silkinishi Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren hududlarida sezildi.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 66 km janubi-sharqda joylashgan. Uning chuqurligi 15 kmni tashkil etdi.

Olmaliqda 3 ball sezildi

Zilzila kuchi Olmaliq shahrida 3 ball, Piskent tumanida 2-3 ball bo‘lgan.

Ohangaron tumanida, Nurafshon va Angren shaharlarida esa yer silkinishi 2 ball darajasida sezilgan.

Episentr Piskent tumanida joylashgan bo‘lib, koordinatalari 40,79 shimoliy kenglik va 69,69 sharqiy uzunlikni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezilgandi. Zilzilaning magnitudasi 4,9 ni tashkil qilgan. Uning oʻchogʻi 160 kilometr chuqurlikda, Tojikistonning Togʻli Badaxshon hududida joylashgan.

Shuningdek