Sog‘liqni saqlash tizimidagi 14 mlrd so‘mlik tender bekor qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi tomonidan tibbiy jihozlar xaridi uchun o‘tkazilgan, boshlang‘ich narxi 14 mlrd so‘m bo‘lgan tender bekor qilindi. Raqobat qo‘mitasi tekshiruvida savdolarda raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan.
Tekshiruv «Skymed-Technologies» MChJ murojaati asosida o‘tkazilgan.
Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Xaridlar markazi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagan. Xususan, tender jarayonida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Tender savdosi bekor qilindi
Shuningdek, o‘qing: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 587,2 mln so‘mlik tenderi bekor qilindi
O‘rganish yakuniga ko‘ra, tibbiy jihozlar xaridi bo‘yicha o‘tkazilgan tender belgilangan tartibda bekor qilingan.
Raqobat qo‘mitasi bunday choralar davlat mablag‘larining shaffof sarflanishi va tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini ta’minlashga xizmat qilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlangani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «Quyuv-mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyati o‘tkazgan tender savdolarini o‘rganish jarayonida aniqlangan.