BMTning navbatdagi jinoyatchilik kongressi O‘zbekistonda o‘tadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston kongressga besh yil tayyorgarlik ko‘radi
BMTning navbatdagi jinoyatchilik kongressi O‘zbekistonda o‘tadi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha BMTning navbatdagi kongressi 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha BMTning navbatdagi kongressi 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Abu-Dabida o‘tayotgan 15-kongressda ishtirok etayotgan barcha davlatlar navbatdagi anjumanni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. Bu yakuniy deklaratsiyada ham o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston kongressga besh yil tayyorgarlik ko‘radi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston uchun mazkur qaror alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

«Oldinda besh yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031-yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi», – dedi u.

Abu-Dabidagi 15-kongress 26-sentabrdan 1-oktabrgacha davom etadi. Unda 100 dan ortiq mamlakatlardan 5 mingdan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqda. Anjumanda jinoyatchilikning oldini olish, jinoiy odil sudlov va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Monika Juma bilan hamkorlik muhokama etildi

Kongress doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va BMTning mazkur tuzilmasi o‘rtasidagi hamkorlik hamda qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Monika Juma 2026-yil may oyidan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasiga rahbarlik qilmoqda.

Kongressda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bolalarni himoya qilish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek