Namanganda Xalq qabulxonasi xodimi ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Namanganda Xalq qabulxonasi xodimi ushlandi
Foto: departament

Namangan shahrida Xalq qabulxonasi xodimi $1 500 olayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

$1 500 xizmat xonasida olingan

Departamentning Namangan shahri bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda Namangan shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi shaxs qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Yangi Namangan tumani hududidagi 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun ajratish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga $1 500 talab qilgan.

Xodim pulni xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada soxta hujjatlar bilan 428,8 mln so‘m kredit olgan shaxslar aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek