Toshkent metrosida 1 200 000-yo‘lovchiga «oltin karta» sovg‘a qilindi
eʼlon qilindi
1 200 000-yo‘lovchi «Xalqlar do‘stligi» bekatida qayd etildi va unga bir yil metrodan bepul foydalanish imkonini beruvchi «oltin karta» sovg‘a qilindi

2026-yilning 28-sentabr kuni Toshkent metropolitenidan bir sutkada ilk bor 1 200 124 nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» AJ ma’lum qildi.
1 200 000-yo‘lovchi «Xalqlar do‘stligi» bekatida qayd etildi. Unga bir yil davomida Toshkent metropoliteni xizmatlaridan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus «oltin karta» sovg‘a qilindi. Metropoliten ma’muriyati bu natijani yo‘lovchilar oqimi oshib borayotganining navbatdagi ko‘rsatkichi sifatida baholadi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov narxi 1-oktabrdan 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mga oshirilishi haqida yozgan edi.