Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlari ochildi

Germaniyada ishlashni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklar uchun bir qator bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Vakansiyalar orasida avtobus va yuk mashinasi haydovchilari, qurilish sohasi mutaxassislari, santexniklar hamda hamshiralar uchun ish o‘rinlari mavjud. Nomzodlar o‘z kasbi va malakasiga mos vakansiyani tanlab, ariza topshirishi mumkin.
Qaysi kasblar bo‘yicha ish bor
Taklif etilayotgan vakansiyalar orasida avtobus haydovchisi, CE toifali haydovchi, qurilish sohasining turli yo‘nalishlari, santexnik va hamshiralik kasblari bor.
Hamshiralar uchun PRIMECON AG, GLOBOGATE CONCEPT AG va RECRUITMED kompaniyalari tomonidan alohida vakansiyalar taqdim qilingan.
Nemis tilini bilmaydiganlar ham qatnashishi mumkin
Talablarga javob beradigan, biroq nemis tilini bilmaydigan nomzodlar uchun bepul til kurslari va kasbiy tayyorgarlik tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Dasturga qarab ishtirokchilarga yotoq joy, o‘qish davrida stipendiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham berilishi mumkin.
Ariza qanday topshiriladi
Nomzodlar o‘zlariga mos kasb bo‘yicha xorijdaish.uz platformasi orqali ariza topshirishi mumkin.
Vakansiyalar orasida:
- avtobus haydovchisi;
- CE toifali haydovchi;
- qurilish sohasi mutaxassislari;
- santexnik;
- hamshira.
Dastur tashkilotchilari nomzodning kasbi, til bilimi va malakasi xalqaro mehnat bozorida asosiy ustunlik ekanini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Belarus O‘zbekiston fuqarolari uchun yuzlab ish o‘rinlarini taklif qilayotgani haqida yozgan edi.