Dollar oshdi: 30-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
29-sentabr kuni 18,43 so‘mga tushib, 11 806,97 so‘mga tenglashgan edi
30-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: deposiphotos

30-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 14,21 so‘mga oshib, 11 821,18 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

23-sentabr kuni 7,63 so‘mga tushib, 11 802.19 so‘m bo‘ldi. 24-sentabr kuni 11,86 so‘mga oshib, 11 814,05 so‘mni, 25-sentabr kuni 16,82 so‘mga oshib, 11 830,87 so‘mni tashkil etdi. 26-sentabr kuni esa 5,47 so‘mga tushib, 11 825,40 so‘mga, 29-sentabr kuni 18,43 so‘mga tushib, 11 806,97 so‘mga tenglashdi.

Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasida pul saqlash qanchalik to‘g‘ri

Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 11,03 so‘mga tushib, 13 419,40 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,58 so‘mga tushib, 140,44 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» 29-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek