30-sentabr kuni ish vaqti bir soatga qisqartiriladi

30-sentabr kuni O‘zbekistonda xodimlarning kundalik ish vaqti kamida bir soatga qisqartiriladi. Bunga 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni ishlanmaydigan bayram kuni ekani asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.
Huquqiy asos nima
Mehnat kodeksining 187-moddasida ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kungi ish yoki smena davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirilishi belgilangan. Shu sababli odatda soat 18:00 gacha ishlaydigan xodimning ish kuni, masalan, 17:00 da yakunlanishi mumkin.
Istisnolar ham bor
Bayramdan oldingi kuni ish vaqtini qisqartirishning imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlangan vaqt boshqa tartibda qoplanadi.
Kodeksga ko‘ra, bunday holatda xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi yoki uning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar asosida haq to‘lanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri bam olish va bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlashi haqida yozgan edi.