UZCARD KIDS kartasi egalari Toshkent hayvonot bog‘iga bepul kirishi mumkin

eʼlon qilindi
UZCARD kartasi orqali to‘langanda 40 foiz chegirma beriladi

1-oktabrdan 1-noyabrgacha UZCARD Toshkent hayvonot bog‘i bilan hamkorlikda oilaviy dam olish oyini o‘tkazadi. Aksiya doirasida 7 – 16 yoshdagi bolalar UZCARD KIDS kartasi orqali chipta uchun to‘lov qilsa, hayvonot bog‘iga bepul kirishi mumkin.

Bolalar chiptasi boshqa UZCARD kartasi orqali to‘langanda esa 40 foiz chegirma beriladi. Bitta karta bilan kuniga ikkita bolalar chiptasini chegirma bilan xarid qilish mumkin.

Dam olish kunlari bolalar uchun maxsus dastur

Aksiya davomida har dam olish kunlari hayvonot bog‘ida UZCARD KIDS kartalarining yosh egalari uchun mahorat darslari, akvagrim, ko‘ngilochar tadbirlar va boshqa faoliyatlar tashkil etiladi.

Bolalar kartasi egalari Dino-parkka tashrif buyurishda ham 15 foiz chegirmadan foydalanishi mumkin. Shuningdek, bolalar uchun filni bepul boqish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Mini-kvest va sovg‘alar

Aksiya doirasida hayvonot bog‘i hududida mini-kvest ham o‘tkaziladi. Unda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib, turli topshiriqlarni bajaradi va har bir bosqich uchun maxsus belgi to‘playdi. Barcha topshiriqlarni bajargan ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

UZCARD KIDS kartasini joyida rasmiylashtirish mumkin

Har dam olish kunlari ANORBANK vakillari hayvonot bog‘i hududida UZCARD KIDS kartalarini bepul rasmiylashtiradi. Ota-onalarga kartani olish shartlari va undan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi.

Aksiya UZCARD, Toshkent hayvonot bog‘i va ANORBANK hamkorligida tashkil etilmoqda.

UZCARD. Qulay yashang.

Shuningdek