O‘zbekistonlik yozuvchi 2026-yilgi Nobel uchun nomzodlar qatoriga kirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Amaldagi nomzodlar 50 yil sir saqlanadi
Foto: YouTube

O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olindi. Literary Hub nashri 29-sentabr kuni e’lon qilgan bukmekerlar koeffitsiyentlari ro‘yxatida Ismoilovga 33/1 koeffitsiyent berilgan. 

Nobel nomzodlari rasman oshkor qilinmaydi

Shu bilan birga, Ismoilovning Nobel mukofotiga rasman nomzod qilib ko‘rsatilgani haqida gapirishga hozircha asos yo‘q. Nobel tashkiloti amaldagi nomzodlarning ismlarini 50 yil davomida sir saqlaydi. Tashkilotning o‘zi ham ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ladigan zamonaviy nomzodlar haqidagi ma’lumotlar faqat taxmin yoki nomzod ko‘rsatuvchilardan sizib chiqqan ma’lumot bo‘lishi mumkinligini bildiradi. 2026-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori 8-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Ismoilovning We Computers asari xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda

Yozuvchining We Computers: A Ghazal Novel asari so‘nggi davrda xalqaro adabiy mukofotlar doirasida ham e’tibor qozondi. Asar o‘zbek tilidan Shelley Fairvazer-Vega tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan va 2025-yilgi National Book Award mukofotining tarjima adabiyoti yo‘nalishida longlistga kiritilgan. The New Yorker nashri asarni ushbu ro‘yxatdagi o‘zbek tilidan tarjima qilingan ilk asar sifatida qayd etgan.

Avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Qoramanas qishlog‘ida joylashgan 34-sonli maktabga taniqli qozoq yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi Rahmetolla Rayimqulov nomi berilgandi.

Shuningdek