Magistr xotin-qizlar kontraktini qoplash uchun ariza muddati uzaytirildi

eʼlon qilindi
Arizani 10-oktabrgacha topshirish mumkin
Magistr xotin-qizlar kontraktini qoplash uchun ariza muddati uzaytirildi
Foto: depositphotos

Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun ariza topshirish muddati 2026-yil 10-oktabrgacha uzaytirildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, arizalar kontrakt.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, o‘qing: 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi

Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini qoplash uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun qabul boshlangani haqida xabar berilgandi. 2027-yilning birinchi choragi uchun arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Shuningdek