To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi To‘rabek Habibullayev Aichi-Nagoyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U final jangida Xitoy vakili Xuejen Xanni mag‘lub etdi.
2-oktabr kuni boks bahslarida final bellashuvlari boshlandi. -90 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan To‘rabek Habibullayev xitoylik Xuejen Xanniga qarshi jang o‘tkazdi.
O‘zbekiston vakili finalda raqibiga imkon qoldirmay, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Ushbu oltin medal O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi 17-oltin bo‘ldi.
O‘zbekistonning yana ikki bokschisi finalda
To‘rabek Habibullayevning g‘alabasidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 17 taga yetdi. Mamlakat sharafini himoya qilayotgan yana ikki nafar bokschi ham Osiyo o‘yinlarining final bahslarida ishtirok etadi.
O‘zbekiston medallar bo‘yicha 4-o‘rinda
To‘rabek Habibullayevning g‘alabasidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 17 ta oltin, 21 ta kumush va 20 ta bronza medal mavjud.
Umumiy medallar soni 58 tani tashkil qilmoqda. Ushbu natija bilan O‘zbekiston medallar jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy delegatsiyalari joylashgan.
Avvalroq o‘zbekistonlik hakamlar «Aichi-Nagoya – 2026» Osiyo o‘yinlari doirasidagi futbol finallarida faoliyat olib borishi haqida xabar berilgandi.