Makkadagi Masjidul Haramda teraktga urunish bo‘ldimi

Saudiya Arabistoni rasmiylari Makkadagi Masjidul Haraomda xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ma’lum qilinishicha, xavfsizlik xodimlari odamlarni bezovta qilib, vahima uyg‘otgan erkakni qo‘lga olgan. Saudiya Arabistonining muqaddas poytaxtdagi xavfsizlik organlari 2-oktabr kuni voqea yuzasidan bayonot berdi.
«Xavfsizlik organlari yo‘lovchilarni bezovta qilgani, ular orasida qo‘rquv va vahima tarqatgani uchun bir kishini qo‘lga oldi va unga nisbatan zudlik bilan choralar ko‘rildi», — deyiladi bayonotda.
Rasmiylar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hodisa haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda nima tarqalgandi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Masjidul Haram hududida portlovchi moslama taqqan gumondor qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan.
Xabarlarga ko‘ra, erkak Ka’baga yaqinlashgan va xavfsizlik xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Biroq Saudiya Arabistoni rasmiylari bunday ma’lumotlarni tasdiqlamadi.
Gumondor haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmadi
Rasmiy bayonotda qo‘lga olingan shaxsning shaxsi, voqea tafsilotlari yoki unga nisbatan qanday choralar ko‘rilgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Ma‘lumot uchun, Masjidul Haram Makkada joylashgan bo‘lib, uning markazida musulmonlar uchun eng muqaddas maskan — Ka’ba joylashgan.
Avvalroq Saudiya Arabistonining bosh muftiysi Shayx Solih bin Favzon Al-Favzon mamlakat chegaralarida xizmat qilayotgan harbiylarni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylarga qarshi kurashda jonini fido qilishga tayyor turishga chaqirgandi.