Uchko‘prikda 9,1 mlrd so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgan

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» ma’lum qildi.
Nazorat tadbiri «O‘zenergoinspeksiya» va «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali hamkorligida o‘tkazilgan.
Hisoblagich gaz sarfini qayd etmagan
Tekshiruv davomida «R. P.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasidagi hisoblash uskunasi tabiiy gaz sarfini hisoblamayotgani aniqlangan.
Gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida 9 mlrd 187 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada ETK muhandisi 3 mln so‘m bilan ushlangani haqida yozgan edi.