Senator pedofillarni kastratsiya qilishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Bu keyinchalik qo‘llanishi mumkin
Foto: Time

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida senator Rustam Kalonov bolalarga jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxslarga nisbatan kastratsiya jazosini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Uning fikricha, bunday chora jinoyatlarning takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi mumkin. Senator bu taklifni 2-oktabr kuni bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunni muhokama qilish vaqtida bildirdi. 

Senator jarrohlik aralashuvini taklif qildi

Rustam Kalonov ayrim davlatlarda bolalarga, xususan, voyaga yetmagan qizlarga jinsiy tajovuz qilgan shaxslarga nisbatan jarrohlik yo‘li bilan kastratsiya qo‘llanishini misol qilib keltirdi.

Uning ta’kidlashicha, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning yana jinoyat sodir etishining oldini olish uchun O‘zbekiston qonunchiligida ham shunday chorani ko‘rib chiqish mumkin. Senator bu fikrni qonun muhokamasi vaqtida taklif sifatida ilgari surgan.

Tanzila Norboyeva: Avval qonun qanday ishlashini ko‘raylik

Senat raisi Tanzila Norboyeva Kalonovning taklifiga javoban avvalo hozir qabul qilinayotgan qonunning amaliyotda qanday ishlashini kuzatish kerakligini aytdi.

«Bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda. Amaldagi qonunning natijalari o‘rganilgach, zarurat bo‘lsa, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish mumkin» — degan Norboyeva. 

Bolalarga jinsiy tajovuz uchun jazo kuchaytirilmoqda

Senat majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun ham ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.

Avvalroq 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim o‘ta og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullangani haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek