Portugaliya termasi Ronaldudan keyin 1,5 mln obunachi yo‘qotdi

2-oktabr 2026 20:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Portugaliya termasi Ronaldudan keyin 1,5 mln obunachi yo‘qotdi
Foto: Instagram/ Ronaldu

Portugaliya futbol terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu va bosh murabbiy Jorje Jezus o‘rtasidagi mojaro ortidan Instagram’da qariyb 1,5 mln obunachisini yo‘qotdi.

Portugaliyaning Record nashri ma’lumotiga ko‘ra, 30-sentabr kuni kechqurun terma jamoa sahifasida 25 mln nafardan ortiq obunachi bo‘lgan. 2-oktabrga kelib bu ko‘rsatkich taxminan 23,3 mln nafargacha tushgan.

Obunachilar soni ikki kunda keskin kamaydi

Foto: Ekran tasviri

Auditoriyaning kamayishi Ronaldu bilan bog‘liq mojaro fonida kuzatildi. Futbolchi Millatlar ligasida Daniyaga qarshi uchrashuv oldidan terma jamoa qarorgohini tark etgan.

Mojaro Norvegiyaga qarshi o‘yindan keyin boshlangan

Avvalgi Norvegiyaga qarshi uchrashuvda Ronaldu uzoq vaqt ichida ilk bor o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan. Ikkinchi bo‘limda Jorje Jezus uni badantarbiya mashqlariga yuborgan, biroq maydonga tushirmagan.

Shundan so‘ng murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu Norvegiyaga qarshi o‘ynamagani va Daniyaga qarshi bahsda ham maydonga tushmasligini aytgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldusiz Portugaliya Daniyani 4:2 hisobida mag‘lub etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek