Dam olish kunlarida qaysi banklar ishlaydi — ro‘yxat

eʼlon qilindi
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 24 ta tijorat banki dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etadi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari joriy yilning 3 – 4-oktabr kunlari valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar bermoqda.

Banklar ro‘yxati

Dam olish kunlari xizmat ko‘rsatadigan banklar ro‘yxatiga jami 24 ta muassasa kiritilgan. Ular qatorida Agrobank, Asia Alliance bank, Apex bank, Biznesni rivojlantirish banki, Ipoteka-bank, O‘zmilliybank, Orient Finans bank, Tenge bank, Trastbank, Hamkorbank, Anor bank, Garant bank va boshqa yirik xususiy banklar mavjud. Har bir bankning rasmiy veb-sayti orqali filiallarining aniq ish jadvali va manzillari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Masofaviy valyuta ayirboshlash imkoniyatlari

Shuningdek, bank binosiga tashrif buyurmagan holda, kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyalarini masofadan turib bajarish imkoniyati mavjud. «24/7» rejimida xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar tarmog‘i ham to‘xtovsiz ishlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklar kredit xatarlari haqida mijozlarni oldindan ogohlantirishi shartligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek