O‘zbekiston va Pokiston mahkumlarni o‘zaro topshirishi mumkin

eʼlon qilindi
Hujjat ikki davlat fuqarolariga jazoning qolgan qismini o‘z mamlakatida o‘tash imkonini beradi
qamoqdagi odam
rethford

Senat O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat ikki davlat fuqarolariga jazoning qolgan qismini o‘z mamlakatida o‘tash imkonini beradi.

Bitim 2026-yil 5-fevral kuni Islomobod shahrida imzolangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Pokiston ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarni jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘zaro topshirishi mumkin.

Mahkumlarni topshirish tartibi belgilanadi

Hujjatda mahkumni topshirish shartlari va bunga rad javobi berish asoslari belgilangan.

Shuningdek, so‘rovlarni yuborish tartibi, jazoni ijro etish jarayoni, mahkumlarni tranzit orqali olib o‘tish hamda xarajatlarni qoplash masalalari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish ko‘zda tutilgan

Senatorlarning fikricha, bitim chet elda jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Muhokama yakunida senatorlar qonunni ma’qulladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mustaqillik bayramida 852 nafar mahkum afv etilgandi. Farmonga ko‘ra, afv etilganlar orasida turli toifadagi shaxslar bor. Ularning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar, 37 nafari esa 60 yoshdan oshgan erkaklardan iborat.

Shuningdek