AQSh va Rossiya «Lukoyl» aktivlarini muhokama qilmoqda

eʼlon qilindi
Gap qiymati qariyb $20 mlrd bo‘lgan aktivlar haqida ketmoqda
O‘zbekiston xalqaro sanksiyalarga muvofiq «Lukoyl» bilan hamkorlikni davom ettirmoqda
Foto: depositphotos

AQSh va Rossiyaning Ukraina bo‘yicha muzokaralari Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasiga tegishli xorijdagi aktivlar taqdirini ham qamrab olgan. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, gap qiymati qariyb $20 mlrd bo‘lgan aktivlar haqida ketmoqda.

Masalani Putin ko‘targan

NYT manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5-sentabr kuni Kremlda AQSh vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashuvda «Lukoyl» aktivlari masalasini ko‘targan.

Shuningdek, o‘qing: «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha Amerika kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi

Putin bitimni amalga oshirish Rossiya va AQSh o‘rtasida biznes aloqalari davom etishi mumkinligini ko‘rsatishini aytgan. AQSh vakillari esa mazkur masalani ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan, deb yozadi nashr.

Gap qanday aktivlar haqida ketmoqda

«Lukoyl» sanksiyalar sabab xorijdagi aktivlarini sotuvga qo‘ygan. Ular orasida neft konlari, Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari va turli mamlakatlardagi yonilg‘i quyish shoxobchalari bor.

Shuningdek, o‘qing: Qozogʻiston AQShga «Lukoyl» ulushini sotib olish bo‘yicha xat yubordi

NYT ma’lumotiga ko‘ra, ushbu aktivlarning umumiy qiymati avvalroq taxminan $20 mlrd deb baholangan. Bitim amalga oshishi uchun AQSh hukumati va Kremlning roziligi talab etiladi.

Aktivlarga kimlar qiziqish bildirmoqda

Xabarga ko‘ra, xaridorlar orasida amerikalik investor Todd Bouli, Yaqin Sharqdagi bir qator investorlar hamda AQSh hukumatiga qarashli tuzilma bor.

NYT bu guruhdagi ayrim biznes vakillarining Uitkoff va Kushner oilalari bilan avvalgi tijoriy aloqalariga ham e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, nashr Uitkoff yoki Kushnerning bitimdan shaxsan moliyaviy manfaatdor ekaniga oid dalillar yo‘qligini qayd etadi.

Bitim hali yakunlanmagan

Shuningdek, o‘qing: «Lukoyl» neft narxining tushishi sababli davlatdan yordam so‘ramoqda

«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini AQSh sanksiyalari joriy etilgach sotuvga qo‘ygan. Jarayon bir necha oydan beri davom etmoqda va bitimning amalga oshishi hozircha kafolatlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Rossiya neft kompaniyalari aksiyalari o‘sgani haqida xabar berilgandi. Savdo natijalariga koʻra, «Lukoyl» aksiyalari 2,15 foizga, «Rosneft» 2,73 foizga qimmatlashdi. «Gazprom neft» 2,27 foizga, «Tatneft» esa 2,76 foizga oʻsdi. Shuningdek, «Bashneft» va «Surgutneftegaz» aksiyalarida ham 1,8 – 2,5 foiz oraligʻida ijobiy oʻsish qayd etildi.

Shuningdek