Chevrolet Cobalt yoki Xitoy avtomobillari: narxlar qanday

5-oktabr 2026 12:14 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Cobalt yoki Xitoy avtomobillari: narxlar qanday
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Qozog‘istondagi avtosalonlardan birida Chevrolet Cobalt, Onix hamda JAC avtomobillarining amaldagi narxlari ko‘rib chiqildi. 2026-yilgi Chevrolet Cobalt narxi $14,5 mingdan, ayrim Xitoy modellari esa $14,9 mingdan boshlanmoqda.

Chevrolet Cobalt qancha turadi

Avtosalondagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt narxi $14 mingdan boshlanadi.

2026-yilgi Cobalt esa $14,5 ming atrofida taklif qilinmoqda. Ushbu komplektatsiyada 15 dyuymli yengil qotishmali disklar mavjud. Soddaroq versiyalarda esa 14 dyuymli po‘lat disklar o‘rnatilgan.

Ayrim komplektatsiyalarning narxi $15,1 minggacha yetadi.

Chevrolet Onix $15,6 mingdan

2025-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Onix narxi $15,6 mingdan boshlanadi. Yuqoriroq komplektatsiya esa $16,5 mingga baholangan.

Videoda 1,2 litrli turbo dvigatelga ega, avtomatik uzatmali Onix ham namoyish etilgan.

Xitoy avtomobillari qancha

Avtosalonda JAC modellari ham Chevrolet avtomobillari bilan birga taklif qilinmoqda. JAC’ning ayrim yengil avtomobillari $14,9 mingdan sotilmoqda. Yana bir modelning 2025-yilgi mexanik uzatmali versiyasi $17,1 mingga baholangan.

JAC T6 pikapining 2025-yilgi versiyasi $24,5 mingdan, 2026-yilgi yuqori komplektatsiyasi esa $31,9 minggacha turadi.

JAC RF8 narxi $37,7 ming

Salonning qimmatroq avtomobillaridan biri JAC RF8 bo‘ldi. Minivenning narxi $37,7 mingni tashkil etadi.

U 2 litrli turbo dvigatel, old g‘ildirakdan tortish tizimi va sakkiz pog‘onali avtomatik uzatma bilan jihozlangan.

Shu tariqa salondagi narxlarga qaraganda, Chevrolet Cobalt hali ham eng arzon variantlardan biri bo‘lib qolmoqda, biroq ayrim Xitoy avtomobillari ham unga yaqin narxda taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijda sotilmagan Chevrolet’lar O‘zbekistonga qaytarilayotgani haqidagi xabar yuzasidan UzAuto Motors izoh bergandi.

Shuningdek