Mo‘ynoqda yangi gazkondensat koni ochildi

eʼlon qilindi
Quduq 4,8 km chuqurlikkacha burg‘ilandi
Mo‘ynoqda yangi gazkondensat koni ochildi
Videodan ekran tasviri / SI

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi Qoratau maydonida yangi gazkondensat koni aniqlandi. Geologiya-qidiruv ishlari davomida quyi yura qatlamlaridan sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz va kondensat oqimi olindi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ xabar berdi.

Quduq 4,8 km chuqurlikkacha burg‘ilandi

Qoratau maydonida 1-sonli izlov qudug‘i 4 860 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan.

3-oktabr kuni sinov ishlari davomida 3 273 – 3 213 metr chuqurlik oralig‘idagi quyi yura qatlamlaridan tabiiy gaz va kondensat oqimi olingan. Natijada yangi Qoratau gazkondensat koni ochilgan.

Yana uchta quduqda ishlar davom ettiriladi

Rejaga ko‘ra, yil yakuniga qadar 2-sonli izlov qudug‘ini burg‘ilash ishlari yakunlanadi. Shuningdek, 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarida ham burg‘ilash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.

Qoratau maydonidagi natija Ustyurt hududida chuqur qatlamlarni o‘rganish bo‘yicha yangi istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekneftgaz» gaz ishlab chiqarishni 20 foizga oshirishi haqida ma’lumot berilgandi. Kompaniya tabiiy gazning sutkalik qazib chiqarish hajmini ham 4,36 mln kub metrga ko‘paytirmoqchi.

Shuningdek