
Chevrolet 2027-yilgi Chevrolet Express modelining narxlari va qo‘shimcha opsiyalarini e’lon qildi. Model yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Passenger hamda yuk tashuvchi Cargo versiyalarida sotiladi.
2027-yilgi Chevrolet Express avvalgi modelga nisbatan katta o‘zgarishlarsiz taklif qilinadi.
Passenger versiyasi $50 945 dan boshlanadi
Chevrolet Express 2500 Passenger’ning LS komplektatsiyasi $50 945 dan, LT versiyasi esa $53 290 dan boshlanadi. 3500 Passenger LS narxi $52 145, LT esa $54 090 etib belgilangan.
Uzaytirilgan g‘ildirak bazasiga ega 3500 Passenger esa LS versiyasida $52 945, LT’da $54 890 dan sotiladi.

Cargo versiyasi arzonroq
Yuk tashishga mo‘ljallangan Chevrolet Express 2500 Cargo narxi $45 095 dan boshlanadi. Uning uzaytirilgan versiyasi $46 995 turadi.
3500 Cargo standart g‘ildirak bazasida $49 045, uzaytirilgan variantda esa $49 845 dan taklif qilinadi.
6,6 litrli V8 uchun $1 895 to‘lanadi
2027-yilgi Express standart holatda 4,3 litrli V6 dvigatel bilan jihozlanadi. U 276 ot kuchi va 404 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradi.
Qo‘shimcha ravishda 6,6 litrli V8 L8T dvigatelini tanlash mumkin. Ushbu motor 401 ot kuchi va qariyb 629 Nm aylanish momentiga ega.
V8 dvigatel uchun qo‘shimcha $1 895 to‘lash kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha paketlar ham taklif qilinadi
Enhanced Convenience Package narxi $3 250, Safety Package esa $3 105 etib belgilangan. Cargo versiyasi uchun besh o‘rinli Crew Van Package $2 055 turadi.
Maxsus vazifalar uchun Ambulance Package $1 590, Hotel Shuttle Package esa $1 330 ga taklif qilinadi. 3500 Passenger versiyasini 15 o‘rinli qilish uchun yana $475 to‘lash kerak.
Eng qimmat opsiyalardan biri kamera oynasi
Diler tomonidan o‘rnatiladigan Rearview Camera Mirror opsiyasi $1 295 turadi. Molded assist steps uchun Passenger versiyalarida $825, Cargo’da esa $625 olinadi.
Qo‘shimcha Side Blind Zone Alert tizimi $395, masofadan ishga tushirish funksiyasi esa $300 turadi.
Ranglar orasida pullik variant ham bor
Black, Red Hot va Summit White ranglari uchun qo‘shimcha haq olinmaydi. Silver Ice Metallic rangini tanlash esa $495 turadi.
Ishlab chiqarish Missurida davom etadi
Chevrolet Express GM’ning Missuri shtatidagi Wentzville Assembly zavodida ishlab chiqariladi. 2027-yilgi model texnik jihatdan 2026-yilgi versiyani deyarli o‘zgarmagan holda davom ettiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Bolt avtomobilida g‘alati shovqin sababi aniqlangani haqida yozgan edi.