Farg‘onada elektr o‘g‘irlari aniqlandi: zarar 547,2 mln so‘m

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Yangibo‘ston» MFY hududidagi baliq boqishga mo‘ljallangan ko‘lda elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanilgani aniqlangan.
Zarar 547,2 mln so‘mga baholangan
Tekshiruv ma’lumotiga ko‘ra, noqonuniy ulanish oqibatida 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalanilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi — o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri soliqchilar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirgani haqida yozgan edi.