Changan Deepal S07 PHEV avtomobili taqdim etildi

6-oktabr 2026 16:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Changan Deepal S07 PHEV avtomobili taqdim etildi
Foto: Changan

Changan’ning Deepal S07 PHEV krossoveri Yevropa bozorida ilk bor namoyish etildi. Model Gretsiyada o‘tayotgan Auto Athina 2026 ko‘rgazmasida taqdim qilindi.

Yangi versiyaning to‘liq nomi Deepal S07 Ultra PHEV bo‘lib, uning Gretsiyadagi boshlang‘ich narxi 36 ming yevro ($40 280) etib belgilangan.

254 ot kuchli gibrid tizim

Deepal S07 Ultra PHEV 1,5 litrli benzin dvigateli va elektromotor bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 190 kVt, ya’ni 254 ot kuchini tashkil etadi. Energiya 18,4 kVt/soat sig‘imli LFP batareyadan olinadi.

Foto: Changan

100 km elektrda yuradi

Model faqat elektr energiyasida 100 km gacha masofani bosib o‘ta oladi. Batareya 55 kVtgacha bo‘lgan tezkor DC quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilning gibrid rejimdagi umumiy yurish zaxirasi qariyb 1000 km ni tashkil etadi.

0–100 km/soatga 7,9 soniyada chiqadi

Deepal S07 Ultra PHEV 0 dan 100 km/soatgacha 7,9 soniyada tezlashadi. Maksimal tezlik 185 km/soat bilan cheklangan.

O‘lchamlari BMW X3’ga yaqin

Krossoverning uzunligi 4750 mm, kengligi 1930 mm, balandligi 1625 mm. G‘ildirak bazasi 2900 mm ni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Deepal S07 uzunligi bo‘yicha BMW X3 G45’dan atigi 5 mm qisqa.

Foto: Changan

Tashqi ko‘rinishda ayrim farqlar bor

PHEV versiyasi alohida bamperlar va qoraytirilgan yarim yashirin eshik tutqichlari bilan ajralib turadi. Qolgan dizayn yechimlari esa modelning elektr va EREV versiyalariga yaqin.

Narxi $40 mingdan boshlanadi

Gretsiyada Deepal S07 Ultra PHEV 36 ming yevro ($40 280) dan boshlanadi. Qimmatroq komplektatsiya 39 ming yevro ($43 610) turadi. Auto Athina 2026 ko‘rgazmasi davomida buyurtma bergan xaridorlarga 1000 yevro ($1120) chegirma taklif qilinmoqda.

Korporativ foydalanishda soliq imtiyozi bo‘lishi mumkin

Changan vakillariga ko‘ra, avtomobilning CO2 chiqindisi 49 g/km darajasida. Manba ma’lumotiga ko‘ra, bu Gretsiyada korporativ foydalanish uchun nol soliq stavkasidan foydalanish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Changan Avatr va Deepal faoliyatini birlashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek