Lukoyl O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

eʼlon qilindi
Neft mahsulotlarini chakana sotish tarmog‘ini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni «Lukoyl» kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi. Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekiston energetika sohasidagi loyihalari va faoliyatini kengaytirish rejalari muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Geologiya-qidiruv va yangi konlar muhokama qilindi

Vagit Alekperov davlat rahbariga «Lukoyl» tomonidan O‘zbekiston energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida ma’lumot berdi.

Ular qatoridan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish loyihalari o‘rin olgan.

Shuningdek, neft mahsulotlarini chakana sotish tarmog‘ini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Kompaniya faoliyatini kengaytirmoqchi

Uchrashuvda «Lukoyl»ning O‘zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha rejalar ham muhokama qilindi.

Tomonlar energetika sohasidagi amaldagi loyihalarni davom ettirish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Avvalroq O‘zbekistonda neft-gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar muhokama qilingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek