
O‘zbekiston terma jamoasi bokschisi Abdumalik Xalokov Yaponiyada o‘tkazilgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi Osiyo o‘yinlari chempionligi bo‘ldi.
60 kg gacha vazn toifasi finalida Xaloqov Janubiy Koreya vakili Chan Donxvanni mag‘lub etdi.
Bu bilan to‘xtab qolmaydi
G‘alabadan so‘ng bokschi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida natijaga munosabat bildirdi.
«Bugun yildan-yilga yozib kelayotgan tariximda yangi sahifa ochdik. Bunda g‘alabaga bo‘lgan cheksiz irodam, murabbiylar shtabining to‘g‘ri yondashuvi, milliy federatsiya va albatta, sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bor», – deb yozdi Xaloqov.
U ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioniga aylanganini ta’kidlab, keyingi yirik g‘alabalar sari harakat davom etishini bildirdi.
«Men ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioniman va bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Katta g‘alabalar sari davom etamiz», – dedi bokschi.
Xaloqovning boshqa yutuqlari
Abdumalik Xaloqov 2024-yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u Osiyo chempioni, ikki karra jahon chempioni va 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi hamdir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana uchta oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.