«Shahriston» bekatida metro poyezdi nosozlik sabab to‘xtab qoldi

2026-yil 7-oktabr kuni soat 08:22 da Toshkent metrosining «Shahriston» bekatida 69-sonli poyezdda texnik nosozlik yuz berdi. «Toshkent metropoliteni» aksiyadorlik jamiyati mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Nosozlik 1985-yilda ishlab chiqarilgan eski harakat tarkibida qayd etilgan va olti daqiqa davom etgan.
Shuningdek, o‘qing: Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida texnik nosozlik sabab poyezdlar harakatida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
Yo‘lovchilar boshqa poyezdga o‘tkazildi
Nosozlikdan so‘ng yo‘lovchilar poyezddan tushirilgan, tarkib esa texnik ko‘rik uchun olib ketilgan.
Yo‘nalishda uzilish bo‘lmasligi uchun zaxira poyezd chiqarilgan. Metropoliten ma’muriyati holat bo‘yicha texnik choralar ko‘rilganini bildirib, yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
Avvalroq «Kursiv» ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Beruniy» bekatida yo‘lovchilar oqimi haddan tashqari ko‘paygani va tirbandlik yuzaga kelgani aks etgan video yuzasidan «Toshkent metropoliteni» aksiyadorlik jamiyatining izoh bergani haqida yozgan edi.