«Real Sanjik» to‘yining 5 yilligida sudda so‘nggi so‘zini aytadi

7-oktabr 2026 10:58 eʼlon qilindi

(7-oktabr 2026 22:30 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Real Sanjik» to‘yining 5 yilligida sudda so‘nggi so‘zini aytadi
Foto: Instagram

7-oktabr – «Real Sanjik» va uning turmush o‘rtog‘ining nikoh to‘yining 5 yilligi. Juftlik 2021-yil aynan shu kuni oila qurgan. Oradan besh yil o‘tib, xuddi shu sanaga Real Sanjik ishi bo‘yicha sud majlisi belgilangan. Uning rafiqasi aytishicha, sudda eri hukm chiqarilishidan oldin so‘nggi so‘zini aytishi kerak.

«Aynan shu kuni biz er-xotin bo‘lganmiz»

Real Sanjikning turmush o‘rtog‘i nikoh to‘yi 5 yilligi va sud sanasi bir kunga to‘g‘ri kelgani haqida yozdi.

«7-oktabr bizning nikoh to‘yimiz yilligi. 2021-yil aynan shu kuni biz er-xotin bo‘lganmiz. Taqdir taqozosi bilan besh yil o‘tib, aynan shu kunga sud ham belgilandi», – deb yozdi u.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni Real Sanjik hukm chiqarilishidan oldin sudda o‘zining so‘nggi so‘zlarini aytishi kerak.

«Hech bo‘lmasa bir-birimizni ko‘ramiz»

Shuningdek, o‘qing: «Real Sanjik» ishi: prokuror 5 yil qamoq so‘radi

U sud yakuni qanday bo‘lishidan qat’i nazar, to‘y yilligida turmush o‘rtog‘ini ko‘rish imkoniyati uchun shukr qilayotganini bildirdi.

«Bu kunning yakuni qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men faqat Allohga shukr qilmoqchiman. To‘y yilligimizda hech bo‘lmasa bir-birimizni ko‘rishimiz va ko‘zlarimiz bilan bo‘lsa ham sevgimizni ifoda eta olishimiz uchun», – deyiladi xabarda.

Rafiqasi yana birga bo‘lishlariga umid bildirdi

Real Sanjikning turmush o‘rtog‘i suddan keyin oilasi yana birga bo‘lishiga umid qilayotganini ham yozgan.

«Agar shu kuni yana birga bo‘lishimiz va yangi hayot boshlashimiz taqdirimizda bor bo‘lsa, iltimos, bu albatta amalga oshsin. Ayriliqlarimiz bundan keyin bunchalik uzoq davom etmasin», – deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi «Real Sanjik» nomi bilan tanilgan Sanjar Karimovga 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi va BHMning 410 baravar miqdori (salkam 169 mln so‘m)da jarima tayinlagandi.

Shuningdek