Xalqaro bozorda Brent nefti narxi 100 dollardan oshdi

2026-yilning 7-oktabr kuni ICE Futures Europe birjasida Brent nefti narxi yana barreliga $100 dan oshdi. Brent xalqaro bozorda neft narxlarini belgilashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Nima uchun neft narxi oshib bormoqda
CE Futures Europe ma’lumotlariga ko‘ra, Brent nefti fyucherslari bundan keyin ham barreliga $100 dan yuqori savdolandi.
Neft bozoriga Meksika ko‘rfazidagi ob-havo sharoiti va global ta’minot bilan bog‘liq xavflar ta’sir qilmoqda. Hudud AQSh neft va gaz ishlab chiqarishida muhim o‘rin tutgani sabab kuchli bo‘ronlar qazib olish va yetkazib berish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu bilan birga, bozor ishtirokchilari Yaqin Sharqdagi vaziyat va asosiy neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan yetkazib berish hajmini ham kuzatmoqda.
Avvalroq «Kursiv» AQShda dizel yonilgʻisining oʻrtacha narxi tarixda birinchi marta bir gallon uchun $6 dan oshgani haqida yozgan edi.