Shavkat Mirziyoyev 7 – 9-oktabr kunlari Turkmanistonda bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev 7–9-oktabr kunlari Turkmanistonda bo‘ladi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 – 9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. U «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Maslahat uchrashuvida siyosiy-diplomatik hamkorlikni kuchaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va energetika sohasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashiladi.

Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, tinchlik va barqarorlik masalalari ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Shuningdek, o‘qing: Xorazm va Dashog‘uz tadbirkorlari 3 mln dollarlik bitimlar imzoladi

MDH sammitida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqiladi

MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik natijalari sarhisob qilinadi va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi.

Sammitda MDH tashkil etilganining 35 yilligini nishonlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Tadbirlar yakunida qo‘shma hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmaniston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagandi.

Shuningdek