Nodirbek Abdusattorov shaxmatda nima muhimligini aytdi

7-oktabr 2026 12:32 eʼlon qilindi

(7-oktabr 2026 19:44 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nodirbek Abdusattorov shaxmatda nima muhimligini aytdi
Foto: UzChess Telegram kanali

Nodirbek Abdusattorov yuqori darajadagi shaxmatda psixologik barqarorlik muhim rol o‘ynashini aytdi. Bu haqda UzChess Telegram kanali xabar berdi.

Uning fikricha, partiyadan keyingi salbiy fikrlarni ortda qoldirish, o‘yin davomida esa butun diqqatni doska va pozitsiyaga qaratish kerak.

«Partiyadan keyingi salbiy fikrlarni ortda qoldirish kerak. O‘yin davomida esa butun diqqat doska va pozitsiyada bo‘lishi kerak. Bunday fikrlar chalg‘itadi va energiyani ham olib qo‘yadi».

Ko‘p ochkolar shunday holatlarda yo‘qotiladi

Abdusattorov ko‘plab xatolar faqat shaxmatdagi noto‘g‘ri qarorlar bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, hissiyotlar va psixologik bosim ham natijaga bevosita ta’sir qiladi.

«Men shuni tushundimki, ko‘p ochkolar aynan shunday holatlarda yo‘qotiladi. Vaqt o‘tishi bilan yuqori bosimli vaziyatlarda o‘zimni yaxshiroq nazorat qila boshladim».

Mayda detallar natijani hal qiladi

Shaxmatchi elit darajadagi bahslarda juda kichik jihatlar ham yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etdi.

«Eng yuqori darajada juda kichik jihatlar ham o‘yin natijasini belgilashi mumkin. Agar shu mayda tomonlarni yaxshilasangiz, umumiy o‘yiningiz ham ancha kuchayadi.»

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nodirbek Abdusattorov haqida qiziqarli 5 ta faktni yozgan edi.

Shuningdek